Jahon | 10:45 / 11.01.2016
4618
2 daqiqa o‘qiladi

Powerball lotereyasi jyekpoti 1,3 mlrd dollarga yetdi

AQShdagi mashhur lotereya o‘yinlaridan biri – Powerball ning jyekpot miqdori rekord darajada 1,3 mlrd dollargacha oshdi. Bu Amerika va dunyo miqyosidagi lotereya biznesidagi eng yirik jyekpot sifatida qayd qilindi deyiladi, lotereya tashkilotchilari rasmiy saytida.

Lotereyaning oxirgi o‘yinida taxminan 950 mln dollar miqdoridagi jyekpot o‘ynalganYu lekin hech bir ishtirokchi uni yutishga muvaffaq bo‘lmagandi. Navbatdagi o‘yin chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Lotereya qoidalariga ko‘ra, yutuq besh dona oq sharlar va Powerball nomini olgan bir dona qizil shar raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchiga beriladi. Barcha oltita raqamni to‘g‘ri topish imkoniyati taxminan 292 milliondan bittani tashkil qiladi.

O‘yinning yana bir qoidasiga ko‘ra, ishtirokchi yutuqni 29 yil davomida bo‘lib-bo‘lib olishi mumkin bo‘ladi. Agar barcha pulni darhol qo‘lga kiritishni istagan taqdirda turli shtatlardagi turlicha soliq tizimini qo‘shmasdan hisoblaganda 806 mln dollar ishlab topishi mumkin bo‘ladi.