Sport | 20:00 / 11.01.2016
3192
1 daqiqa o‘qiladi

«Roma» prezidenti Rudi Garsiyani iste'foga chiqarishga qaror qildi

«Roma» klubi prezidenti Jyeyms Palotta jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiyani iste'foga chiqarishga qaror qildi. Bugun «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi borligi uchun ushbu qaror e'lon qilinmagan.

Palotta Garsiyaning iste'fosi haqida ertaga xabar qilmoqchiligi aytilgan.

Biroz oldinroq, jamoada uning o‘rnini Luchano Spaletti egallashi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, rimliklar jamoasi ayni paytda Italiya chempionatida 19 turdan keyin 34 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.