Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roma»ga yaqin soatlarda yangi bosh murabbiy tayinlanishi kutilmoqda
Rossiyaning «Zenit» futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti tez orada o‘zining yana bir eski jamoasi «Roma»ga qaytishi mumkin.
56 yoshli mutaxassis bugunning o‘zidayoq iste'foga chiqarilishi kutilayotgan rimliklar bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Sky Sport Italia nashri bergan xabarga ko‘ra, «Roma» rahbariyati Marselo Belsa («Marsel», «Atletik» klublari sobiq bosh murabbiyi) yoki Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli variantini emas balki Spallettini tanlashni ma'qul ko‘rmoqda.
Qayd qilinishicha, «Roma» rahbariyatidan faqatgina sport direktori Valter Sabatini haligacha amaldagi bosh murabbiy Garsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Spalletti «Roma»da 2005 yildan 2009 yilga qadar faoliyat olib borgandi.