Jamiyat | 18:32 / 11.01.2016
2349
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston giyohvandlikka qarshi kurash agentligida ayrim rahbar kadrlar almashtirildi

Tojikiston prezidenti huzuridagi giyohvand moddalar nazorati agentligida idoraning militsiya general-leytenanti Rustam Nazarzoda boshchiligida 2015 yilda olib borgan faoliyati yuzasidan hisobot tadbiri o‘tkazildi.

Asia Plus saytining idora matbuot xizmati rahbari Xushnud Rahmatulloyevga tayanib ma'lum qilishicha, yig‘ilish chog‘ida yil yakunlari ko‘rib chiqilgan va keyingi yil uchun rejalar belgilab olingan.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra operativ tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va ichki xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari esa xizmat faoliyatidagi past ko‘rsatkichlari uchun intizimoy jazoga tortilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish