Sport | 08:46 / 11.01.2016
2741
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» A seriyada ketma-ket 9 uchrashuvda g‘alaba qayd etdi

Turinning «Yuventus» jamoasi Italiya A seriyasining 19 turini mehmonda «Sampdoriya» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Bu o‘yinda 1:2 hisobi qayd etilib, mehmonlar g‘alaba qildi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Dastlab, o‘yinning 17-daqiqasidayoq Pol Pogba hisobni ochgan bo‘lsa, 46-daqiqaga kelib Sami Xedira hisobni 0:2 ko‘rinishga olib keldi.

Maydon egalari bunga 64 daqiqada Antonio Kassanoning yagona goli bilan javob qaytarishdi 1:2.

Bu «Yuventus»ning A Seriya doirasida ketma-ket to‘qqizta g‘alabasi bo‘ldi. Turinliklar ayni vaqtda 39 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 41 ochko to‘plagan «Napoli»dan keyin ikkinchi o‘rinda joylashdi.

Italiya chempionati, 19-tur

Sampdoriya – Yuventus 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 17 Pogba, 0:2 – 46 Xedira, 1:2 – 64 Kassano.
Sampdoriya – Viviano, Kassani, Moysander, Zukanovich, Redjini, Soriano (Ivan, 37), Fernando, Barreto (Muriel, 73), Karbonero, Kassano, Eder (Rodriges, 85).
Yuventus – Buffon, Rugani, Bonuchchi, Kellini, Lixtshtayner (Kuadrado, 65), Xedira, Ernanes, Pogba, Evra, Dibala (Padoin, 89), Morata (Dzadza, 77).
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (39), Pogba (47), Kassani (67), Ernanes (88), Xedira (90), Karbonero (90).
Chetlatish: Moysander (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish