Jamiyat | 10:08 / 12.01.2016
7387
1 daqiqa o‘qiladi

Air France xodimlari aeroportga kelib qo‘ngan samolyot shassisidan jasad topishdi

Fransiyaning Air France aviakompaniyasi xodimlari samolyot shassisidan jasad topishdi, deb xabar beradi France-Presse agentligi.

Aytilishicha, tana San-Paulu shahridan Parijdagi Orli aeroportiga kelib qo‘ngan Boeing 777 samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida aniqlangan.

Aeroport vakilining so‘zlariga qaraganda, jasadni Parij sud-tibbiyot institutiga yuborishgan. Ish bilan havo-transport o‘tkazmalari jandarmeriyasi shug‘ullanadi.

Ta'kidlanishicha, Yevropaga noqonuniy kirib olmoqchi bo‘lgan odamlar ba'zan shunday qaltis joylarga berkinib, oqibatda halok bo‘ladilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish