Sport | 19:21 / 12.01.2016
5041
1 daqiqa o‘qiladi

Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Sanchesning «Arsenal»dan ketishini istamoqda

Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o‘zining terma jamoadagi shogirdi, «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanchesni Londonning «Chelsi» klubi safida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Chili terma jamoasi ustozi «Chelsi»ni boshqarish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. U jamoani 27 yoshli chililik futbolchini sotib olgan taqdirda boshqarishga rozi bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Sanches Angliya chempionatida 14 uchrashuvda 6 gol va 1ta golli uzatma amalga oshirgan. Chempionlar ligasida bu boradagi ko‘rsatkich 5 o‘yin, uch gol, 4 pasni tashkil qilib turibdi.