Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lincoln Continental rusumini qayta jonlantirdi
Lincoln kompaniyasi Continental sedanini yana ishlab chiqara boshladi. Uning seriyali nuqtasi Deytroytdagi avtosalonda namoyish etildi.
Yangi mashina dizayni 2015 yil martida taqdim etilgan shu nomdagi prototip uslubida ishlangan. Asosiy farqlar old va orqa bamperlar dizaynida ko‘rinadi. Optika, kuzovning old va orqa qismlari, E-latch eshik dastalari o‘zgarishsiz qoldi.

Lincoln Continental intereri ham prototipi saloni bilan bir xil. Seriyali mashinaning rul gardishi va markaziy konsoli boshqacharoqligi aytilmoqda.
Hozircha Continental uchun bitta dvigatel taqdim qilinmoqda: 3 l li V6 tvin-turbo. Motor quvvati 405 ot kuchiga ega.
Continental AQShda ishlab chiqarila boshlaydi. Model AQSh va Xitoyda kuzda sotuvga chiqariladi.






