Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada futbolchilar avtobusi ko‘prikdan tushib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishini tashkil etdi
11 yanvar kuni yo‘lovchi avtobusi Meksikaning qirg‘oq bo‘yida joylashgan Verakrusdagi baland ko‘prikdan tushib ketgan. Natijada 20 kishi vafot etdi va 25 nafar yo‘lovchi shikastlangan. Bu haqda Latin Post nashri xabar berdi.
Suvga tushib ketgan avtobusda havaskor futbol jamoalari o‘yinchilari va ularning oila a'zolari bo‘lishgan. Vafot etganlar orasida bolalar ham borligi aytilgan.
Haydovchi burilishga katta tezlikda kirgan, avtobus to‘siqqa urilib, 30 metr balandlikdan qulagan, degan taxmin boshlang‘ich sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Jabrlangan oilalarga Meksika prezidenti Enrike Penya Neto ham ta'ziya bildirib, ularga tez orada sog‘ayib ketishlarini tilagan.