Jamiyat | 18:00 / 12.01.2016
3357
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Swissotel mehmonxonasi qaytadan ish boshladi

Moskvadagi Swissotel “Qizil tepaliklar” qaytadan ishga tushirildi, deb xabar beradi RNS portali.

“Ha, siz har qanday sana uchun xona buyurtma qilishingiz mumkin. Ayni paytda biz oddiy rejimda ishlamoqdamiz”, - ta'kidladi agentlikning manbasi.

Ilgariroq mehmonxona Turkiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar doirasida faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish