Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Istanbulning Osiyodagi qismida mehmonxona yona boshladi
Istanbul shahrining Osiyo qismidagi Maltepa tumanidagi mehmonxonalardan biri yona boshlagan. Bu haqda NTV telekanali xabar yozgan.
Bu yong‘in sababi hozircha noma'lum. Mehmonxona binosining yuqori qavatlarini qora tutun qoplagani ko‘rsatilgan suratlar internet bo‘ylab tarqalgan.
Voqea joyiga qutqaruvchi guruhlar va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va mijozlarni evakuatsiya qilishni boshlagan. Shunga qaramasdan bir necha kishi bino ichida qolayotgani aytilmoqda.
Bundan oldinroq, Istanbulning boshqa chekkasida, shaharning Yevropadagi qismida joylashgan Sultonahmad tumanining markaziy maydonida portlash sodir bo‘lgani va odamlar halok bo‘lgani xabar qilingandi. Bu portlash sayyohlar gavjum hududning tramvay bekatida terrorchi-hudkush tomonidan amalga oshirilgani aytilgan.
Hozircha bu ikki voqeaning o‘zaro aloqadorligi haqida xabarlar mavjud emas.
Istanbuldagi markaziy maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida germaniyalik sayyohlar jarohatlandi
OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor