Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK neft narxining pastlayotgani sababli mart oyida favqulodda majlis o‘tkazishi mumkin
OPeK neft bahosi barreliga 30 dollardan tushgan taqdirda, mart oyida favqulodda majlis chaqiradi, deya xabar bermoqda FXStreet portali Nigeriya neft vaziri Emmanuel Ibe Kachikvu so‘zlariga asoslangan holda.
Uning aytishicha, hattoki ayni paytdagi narx ham uchrashuv tashkil etish zaruriyatini uyg‘otadi. Kachikvuning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuvdan asosiy maqsad narx siyosatini ko‘rib chiqish va zarurat tug‘ilgan taqdirda, tuzilma faoliyati stretegiyasini o‘zgartirishdan iboratdir.
“Biz avvalroq agarda neft narxi barreliga 35 dollarga yetsa, navbatdan tashqari majlis o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz to‘g‘risida so‘zlagan edik”, - dedi Kachikvu.
Neft narxining arzonlashishi 4 dekabrdagi OPeK yig‘ilishidan so‘ng tezlashgan edi. Yig‘ilish yakunlariga binoan, neft qazib olish kvotasini oshirmaslik va uni kuniga 30 million barrel darajada saqlashga qaror qilindi.
Fevral uchun fyuchers savdolari vaqtida esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)da WTI markali neft bahosi 0,68 foizga arzonlab, bir barreli uchun 30,73 dollarga tushdi.