Sport | 20:32 / 12.01.2016
6175
2 daqiqa o‘qiladi

Pogba "Barselona"ga o‘tishga qarshi emas

"Yuventus" jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba "Barselona" jamoasi a'zosiga aylanishi mumkinligini istisno qilmagan.

U shuningdek, kelgusida "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzodlar uchligiga kirishdan umid qilishini bildirgan.

"Hech qachon hech qachon demayman. Lekin ayni vaqtda men "Yuventus" a'zosiman.
Bo‘lishi mumkin, ajoyib kunlardan birida men ham "Oltin to‘p" uchun da'vogar bo‘lgan asosiy uch nomzod qatorida turaman. Lekin bu hamisha qiyin bo‘ladi.

Avvallari men Messi va Ronalduning o‘yinlarini televizor orqali ko‘rar edim yoki ularni Playstation orqali o‘ynatardim. Endi esa ular bilan birga yilning ramziy terma jamoasidan joy oldim.

Lekin mening maqsadim faqat bu bilan cheklanib qolish emas. Men ulardan ham yaxshiroq bo‘lishni istayman. Bu orzumga yetish uchun mehnat qilishda davom etaman", deydi yosh futbolchi.

FIFA 2015 yilning ramziy terma jamoasini e'lon qildi