Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:09 / 12.01.2016
3045
1 daqiqa o‘qiladi
Pokiston Hindistonga aviabazaga uyushtirilgan hujum bo‘yicha hisobot yo‘lladi
Pokiston hukumati Hindistonga Patxankotdagi hind bazasiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha birlamchi taftish natijalari aks etgan hisobotni yo‘lladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
“Hisobotda Pokistonda mazkur ish bo‘yicha gumondor besh kishining hibsga olinishi tilga olingan, lekin ularning shaxsi oshkor qilinmagan”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Shuningdek, hujum tashkilotchilari Pokistonning mobil raqamlaridan foydalanmagani aniqlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish