Jahon | 19:03 / 12.01.2016
5397
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda benzin yana arzonlashdi, 1 somga

2016 yil 12 yanvaridan Qirg‘izistonning barcha hududlarida AI-92 va AI-95 benzini, shuningdek, dizel yoqilg‘isining narxi 1 somga, AI-80 benzini narxi 0.5 somga tushdi. Bu haqda Qirg‘iziston neft treyderlari uyushmasi xabar qildi.

“Narxlar tushishining davom etayotgani Rossiya neft mahsulotlari bozoridagi ulgurji narxlarning tushishi bilan bog‘liqdir. Neftni qayta ishlash zavodlarida ta'mirlash va profilaktika ishlari tugashi bilan bozordagi taklif o‘sdi. Bundan tashqari, yoqilg‘iga bo‘lgan talabning mavsumiy tushishi kuzatilmoqda”, - tushuntirdi mutaxassis.

Xabar qilinishicha, ayni kunlarda Bishkekda AI-92 rusumli benzin nirxi 36.5 somni, AI-95 – 40.5 somni, dizel yoqilg‘isi 35.5 somni tashkil qilmoqda. O‘shda narxlar tegishlicha 38, 43 va 38.5 somga teng.