Jahon | 15:16 / 12.01.2016
5453
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri Istanbuldagi terakt tufayli favqulodda majlis chaqirdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Istanbul shahri markazida sodir etilgan terakt haqida rasmiy ma'lumot berdi. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatgan.

Bosh vazirning qarorgohiga mamlakat Tashqi ishlar vaziri ham shoshilinch tarzda tashrif buyurgan.

Bosh vazir bu terakt munosabati bilan favqulodda majlis chaqirgan va Anqara shahrida xavfsizlikni ta'minlash choralarini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidi yaqinida sayyohlar gavjum hududda sodir etilgan portlash qurbonlari soni 10 nafar, jarohatlanganlar soni 15 nafarni tashkil etgan.

Bu portlash terrorchi tanasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi evaziga sodir etilgan.

Istanbuldagi markaziy maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida germaniyalik sayyohlar jarohatlandi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor

Istanbuldagi portlash tufayli halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritildi