Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Van Gaal "MYu"ning o‘yinlaridan zerikkan vaqtlari bo‘lganini tan oldi
"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal joriy mavsumda jamoasi o‘tkazgan bir qancha o‘yinlarni tomosha qila turib zerikib ketganini tan oldi.
Shuningdek, uning aytishicha, jamoa bir qancha yorqin o‘yinlar ham o‘tkazgan. Gollandiyalik mutaxassis bunday o‘yinlarga misol sifatida APLning 19 turida 2015 yilning 28 dekabrida "Chelsi"ga qarshi o‘tkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvni keltirgan.
"Bizda shunday o‘yinlar bo‘ldiki, ulardan haqiqiy zavq oldim. Masalan, menga "Chelsi"ga qarshi kechgan bahs juda yoqqan edi. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi lekin durang bilan kifoyalandik.
Ammo shu bilan birga zerikarli uchrashuvlarimiz ham bo‘ldi va bu o‘yinlar juda jahlimni chiqardi. Hech bir jamoa muntazam ravishda fantastik o‘yinlar ko‘rsata olmaydi. Bu futbol", - deydi murabbiy Goal nashriga.