Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktikada muz yoriqlari orasiga qulab tushgan avstraliyalik uchuvchi vafot etdi
11 yanvar kuni muz yoriqlari orasiga qulab tushgan uchuvchi Devid Vud Avstraliyaning Antarktikadagi bazasida vafot etdi. Bu haqda Avstraliyaning Antarktikadagi bo‘linmasi rasmiy sayti xabar qildi.
U Deyvis stansiyasidan 167 kilometr masofadagi bazaga yonilg‘i yetkazib beradigan ikki vertolyotdan birining uchuvchisi edi. Kemadan tushishi bilan oraliq masofaga yiqilib tushgan edi.
20 metr balandlikdan yiqilganidan so‘ng uch soat o‘tib evakuatsiya qilingan og‘ir ahvoldagi erkak vertolyot orqali stansiyaga olib kelindi.
U shifokorlar, jumladan, telemeditsina nazorati ostida bo‘lsa ham uzoq yashay olmadi.Qayd etilishicha, 62 yoshli Vud Antarktika va Arktikada ishlash bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega bo‘lgan.