Jahon | 09:08 / 13.01.2016
3166
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati KXDRga qarshi sanksiyalar qo‘llash haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Senati KXDRning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani munosabati bilan bu mamlakatga qarshi navbatdagi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Senatdagi guruhlardan birining yetakchisi Mitch Makkonnellga asoslangan holda, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 6 yanvar kuni vodorod bombasi sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma'lum qilgan.

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbining ma'lum qilishicha esa AQSh Eronga ham ballistik raketalar uchirishi tufayli "bir qator savollar" bilan murojaat qiladi.