Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bouining vafotidan keyin uning qo‘shiqlarini eshitish 4000 foizga o‘sdi
Spotify internet xizmati foydalanuvchilari britaniyalik marhum rok qo‘shiqchisi Devid Bouini uning eng sara qo‘shiqlarini yana tinglab yod etishdi.
NBC nashri ma'lumotiga ko‘ra, qo‘shiqchi vafot etgan 11 yanvar kunidan buyon uning qo‘shiqlarini eshituvchilar soni 2,822 foizga o‘sgan.
Eng ko‘p tinglanayotgan qo‘shiqlar orasida 1993 yil xiti Let's Dance bo‘lib, bu qo‘shiqning eshitilishi 3,942 foizlik o‘sishni qayd etgan. Blackstar albomidagi shu nomli qo‘shiq ko‘rsatkichi 1,120 foiz, Lazarus qo‘shig‘i mashhurligi esa 1,084 foiz o‘sishni qayd etgan.
Uning eng ko‘p eshitilayotgan beshinchi qo‘shig‘i esa Life on Mars (Hunky Dory albomi) bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 4,238 foiz.
Bundan oldinroq, Devid Bouining 2016 yil 8 yanvarda taqdim etgan Blackstar nomli so‘nggi albomi Buyuk Britaniya xit-paradini boshqarayotgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Devid Boui 11 yanvar kuni 18 oy davom etgan saraton xastaligidan so‘ng o‘z oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi.