Sport | 22:21 / 13.01.2016
7302
1 daqiqa o‘qiladi

Farid Mondragon o‘zini o‘ldirishga harakat qildi

Kolumbiya terma jamoasining sobiq darvozaboni, jahon chempionatlari tarixiga eng keksa ishtirokchi sifatida kirgan 44 yoshli Farid Mondragon o‘zini o‘ldirishga uringanidan keyin shifoxonaga olib kelingan.

Futbolchilik faoliyati davomida "Galatasaroy" va "Kyoln" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan bu darvozabon me'yoridan ortiq darajada antidepressant qabul qilish orqali o‘z hayotiga suiqasd uyushtirgan.

Ayni vaqtda uning ahvoli barqarorlashgani aytilmoqda.

U o‘z joniga qasd qilishdan oldin instagramdagi sahifasi orqali xayrlashuv nomasi qoldirgan.

"Faqat men o‘zim o‘z hayotimni tugata olishim mumkin. Men bunday chorasizlikdan charchadim", deya yozgan u.

Keyinroq bu post o‘chirilgan.