Jahon | 21:08 / 13.01.2016
9059
1 daqiqa o‘qiladi
Foto: billur tufli shaklidagi cherkov
Tayvanning sharqiy qirg‘og‘idagi Ocean View bog‘ida ikki oy ichida ulkan billur tufli shaklidagi cherkov qurildi. Uning balandiligi 16.7 m ni tashkil qiladi. Bino 320 ko‘k shisha bo‘laklaridan yasalgan.
Bog‘ matbuot kotibining ma'lumotlariga qaraganda, binoning o‘ziga xos ko‘rinishi birinchi navbatda ayollarning diqqatini tortishga qaratilgan. Cherkovda romantik suratlar hamda ayollarga mo‘ljallangan boshqa, jami 100 turdagi xizmatlari ko‘rsatiladi. Masalan, ayollarga bu yerda turli tortlar va pishiriqlar ulashiladi
Cherkov qachon ochilishi haqida aniq ma'lumot yo‘q. Bog‘ matbuot kotibi ochilish marosimi Xitoy Yangi yiliga qadar, 2016 yil 8 fevraligacha o‘tkazilishini ishontirib aytdi.