Jahon | 09:11 / 13.01.2016
3166
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Kyolndagi hujumlardan so‘ng deportatsiya qoidalarini soddalashtirdi

Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezer Kyolndagi yangi yil voqealaridan so‘ng xorijliklarni deportatsiya (mamlakatdan chiqarib yuborish) qilish shartlari soddalashtirilganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

“Biz Germaniyada jinoyat sodir etgan xorij fuqarolarini deportatsiya qilish uchun talab qilinadigan jarayonlarni sezilarli darajada kamaytirishni rejalashtirayapmiz”, - dedi u.

O‘zgarishlarga binoan, agarda kishi qotillik, tan jarohati yetkazish, zo‘ravonlik va o‘g‘irlikda ayblanib, eng og‘ir qamoq jazosiga tayinlansa ham, deportatsiya qilinishiga asos bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, bu qoidalar voyaga yetmaganlarga ham taalluqli.

“Bu yerimizda boshpana izlayotgan, ammo jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan odamlarga nisbatan qiyin, ammo haqqoniy qarordir”, - deya qo‘shimcha qildi Mezer.