Texnologiya | 21:26 / 13.01.2016
4818
1 daqiqa o‘qiladi

Kompyuterlarning sotilish ko‘rsatkichlari tarixiy minimum darajaga tushib ketdi

Shaxsiy kompyuterlarning xarid ko‘rsatkichlari 2015 yilning oxirgi choragida 2007 yildan buyon eng past darajaga tushib ketdi. O‘sha yili Apple tomonidan bozorga ilk bora iPhone chiqarilgan edi. Hozirlikda esa smartfonlarning ko‘pligi, Xitoyning zaiflashuvi, dollarning mustahkamlanishi bunga olib kelmoqda, deb hisoblaydi RBK nashri.

Statistik ma'lumotlar International Data Corp tahlilchilari tomonidan ishlab chiqildi. IDC tahlilchisi Jyey Chou bergan ma'lumotga ko‘ra, 2015 yilda ishlab chiqaruvchilar jami 276.2 mln dona mahsulotni bozorga chiqarishgan. Tushish 10.4 foizni tashkil qilgan.

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Yevropada mazkur vaziyat tufayli kompyuterlarning narxlari oshib ketgan.