Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva sudi qotillikda ayblanayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosining ishi ko‘rib chiqiladi
Moskva sudi qotillikda ayblanayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosining ishi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Moskva prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, 32 yoshli Bahodir Saydullayev va 26 yoshli Obid Abdurahimovlar 2014 yilda o‘zbekistonlik erkakni o‘ldirishgan. B. Saydullayev rashk tufayli rafiqasining tanishini o‘ldirtirishga qaror qilgan. Buning uchun u O. Abdurahimov bilan uchrashib, 10 ming dollar taklif qilgan. 3 oktabr kuni O. Abdurahimov “buyurtma” qilingan erkakni pichoqlagan.O.
Abdurahimov jinoyat sodir etilganidan so‘ng 2 hafta o‘tib, B. Saydullayev esa 1 sentabr kuni qo‘lga olingan.