Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: AQSh jahonda eng qudratli va mustahkam iqtisodiyotga ega
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat Kongressida chiqish qilar ekan, birinchi galda AQSh jahonda eng qudratli va mustahkam iqtisodiyotga ega ekanligini gapirib o‘tdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat 14 mln yangi ish o‘rniga ega bo‘lgan. Bu 1990 yildan beri kuzatilgan jiddiy o‘zgarishdir. Shu bilan birga ishsizlik ikki baravar kamaygan.
Bundan tashqari mamlakat avtomobil sanoati 2015 yilda rekord o‘rnatdi. Ushbu sohada ishlab chiqarish sur'ati so‘nggi olti yil ichida 900 mingta ish o‘rni yaratdi. Defitsit esa to‘rtdan uch qismga qisqardi.
U davlatning maqsadi barcha amerikaliklar manfaati uchun ishlaydigan rivojlangan iqtisodiyot barpo etish ekanligini ta'kidlab o‘tdi.