Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama kongress oldida an'anaviy yillik murojaatini boshladi
Amerika Qo‘shma shtatlari prezidenti Barak Obama 12 yanvar kuni kongress oldida an'anaviy yillik murojaati bilan chiqish qildi.
U 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida ma'ruza qilgan.
Uning ma'ruzasida dunyodagi o‘zgarishlar sur'ati tezlashib borayotganiga e'tibor qaratilgan.
"Biz favqulodda o‘zgarishlar davrida yashamoqdamiz. Bu o‘zgarishlar bizning shaxsiy hayotimiz, bizning sayyoramiz va biz yashayotgan dunyo bilan uzviy bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar sifatida tibbiyotdagi kashfiyotlarni ham, iqtisodiy qiyinchiliklarni ham keltirish mumkin.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar eng chekka hududlardagi qiz va ayollarning ta'lim olishiga sharoit yaratishi mumkin, lekin terrorchilik o‘choqlari bunday kelajakka to‘siq bo‘lishi ham mumkin.
"Xohlaymizmi yo‘qmi, o‘zgarishlar sur'ati tezlashishda davom etadi", deydi Obama.
Uning qayd etishicha, "Amerika urushlar va bo‘hronlar davridan o‘tib kelgan, amerikaliklar ishchilarning huquqlaridagi adolat va fuqarolik huquqlari uchun kurashlar davrini boshdan kechirgan".
U amerikaliklar yana o‘zgarishlar arafasida turgani, ehtimoliy qiyinchiliklar amerikaliklarni yanada kuchli qilishini ta'kidlagan.