Jahon | 11:34 / 13.01.2016
4438
1 daqiqa o‘qiladi

Obama rakni tamomila davolashga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama kongressga qilgan so‘nggi murojaatida mamlakatdagi muhim muammolarni hal etish uchun innovatsiya yo‘naltirish lozimligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda CNN.

Uning ta'kidlashicha, sobiq ittifoq AQShni quvib o‘tib, 60 yil muqaddam sun'iy yo‘ldoshni uchirganida, fan yoki mamlakat byudjyeti masalasida hech qanday munozara bo‘lmagan edi. Shu bois oradan 12 yil o‘tib Amerikaning birinchi fazoviy kemasi Oyga qo‘ngan edi. Obamaning aytishicha, bugungi kunda har kim yashab turgan dunyosini yaxshilashga harakat qilishi darkor.

Shu ma'noda gapirar ekan, AQSh prezidenti keyingi bosqich rak ustidan tamomila g‘olib chiqish ekanligini alohida gapirib o‘tdi. Obama bu borada yangi missiya shakllantirilishini va unga vitse-prezident Jo Bayden boshchilik qilishini ma'lum qildi.