Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik deputatlar Nazarboyevdan parlamentni tarqatib yuborishni so‘rashdi
Qozog‘iston parlamenti muddatidan avval tarqatib yuborilishi mumkin. Quyi palata deputatlari parlamentni tarqatib yuborishni so‘rab, prezident Nursulton Nazarboyevga murojaat qilgan. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar tarqatdi.
"Biz, parlamentdagi 3ta fraksiyaning barcha deputatlari parlament majilisini muddatidan oldin tarqatib yuborish haqidagi loyihani qo‘llab-quvvatlaymiz", deyiladi deputat Nurlan Abdirov o‘qigan murojaat matnida.
O‘z navbatida, deputat Vladislav Kosarevning qayd etishicha, tezkor va oshig‘ich harakatlarni boshlash fursati yetgan. Uning aytishicha, inqirozdan chiqish uchun zarur islohotlar o‘tkazishni tashkil qilish hamda parlamentning yangi tarkibi uchun yangi saylov kunini belgilash zarur.
Bundan tashqari u maslihatlar (mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari) uchun ham saylovlar o‘tkazish kerakligini ta'kidlagan.