Sport | 16:43 / 13.01.2016
2726
1 daqiqa o‘qiladi

«Roma» Rudi Garsiyani iste'foga chiqardi

Italiyaning «Roma» klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya o‘z vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda rasmiy xabar Rim klubi saytida e'lon qilindi.

51 yoshli fransuz mutaxassisi bilan birgalikda «Roma»ni uning yordamchilari Frederik Bompar va Klod Fisho ham tark etishgan.

Eslatib o‘tamiz, klubni boshqarish uchun hozircha jamoaning sobiq ustozi Luchano Spalletti asosiy da'vogar bo‘lib turibdi.

Spalletti “Roma”ga boshchilik qiladi