Jamiyat | 13:35 / 13.01.2016
10125
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya moliya vaziri, agar byudjyet yangi sharoitga moslashtirilmasa, 1998 yil takrorlanishini bashorat qildi

Agarda Rossiya federal byudjyeti yangi iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarga moslashtirilmasa, barcha xarajatlar, 1998 yilda bo‘lganidek, aholi zimmasiga yuklanadi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Anton Siluanov VII Gaydar forumi chog‘idagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Bugungi sharoitda o‘ta tejamkor, qattiq byudjyet siyosati haqida gapirish kerak, - ta'kidladi u. – Mana shunda kamomad darajasi bunday oshib ketmaydi, qarz hajmi ham oshmaydi”.

Uning aytishicha, ayni paytda Rossiyaning qarzlari juda ko‘p, shu bois foiz xarajatlari byudjyet manyovrlarini cheklab qo‘yadi.