Jamiyat | 21:46 / 13.01.2016
4273
1 daqiqa o‘qiladi

Tyumen radiosida “Ruki verx” guruhining bitta qo‘shig‘i uch soat davomida aylantirildi

Tyumen radiosida “Ruki verx” guruhining bitta qo‘shig‘i uch soat davomida aylantirildi, deb xabar beradi Znak.com sayti.

Aytilishicha, tinglovchilarga “Koroleva krasoty” kompozitsiyasini eshitish taklif qilingan. “Utro odno pesni” dasturi davomida qo‘shiq 40 marotaba ketma-ket qo‘yilgan.

Radostansiya xodimlarining ta'kidlashicha, bu eksperiment rahbariyat bilan muvofiqlashtirilmagan. Boshlovchilarga jazo tariqasida bino yaqinidagi avtoturargohda qor kurash tayinlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish