Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vasiliy Utkin: «Match TV»dan ishdan bo‘shatilishimga «Bayyer» va «Barselona» o‘yini vaqtida uxlab qolganim sabab bo‘lgan
Rossiyalik taniqli sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin «Match TV» telekanalidan ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
«Men shunga aminmanki, bu YeChLning guruh bosqichi doirasidagi «Bayyer» va «Barselona» bahsi vaqtida uxlab qolganim bilan bog‘liq. Lekin ishdan ketishimga nima asos bo‘lgani haqida hech kim menga aniq gap aytmadi.
Men o‘sha voqeani izohlay olaman. Bir necha yildan buyon uyqu xronikasini buzgan holda ishlab kelmoqdaman. Shuning uchun, «Bayyer» va «Barselona» bahsining birinchi taymi vaqtida uxlab qolgandim. O‘shanda uyqu aralash gapirganim rost.
Lekin ikkinchi taym vaqtida menda bu borada muammo kuzatilmagandi.
O‘sha voqea bilan bog‘liq janjal ham ro‘y bermagandi. Umid qilamanki, bu voqea menga kelajakda saboq bo‘ladi.
Men ham o‘z vaqtida rahbar bo‘lganman. Men hisoblaymanki, bir odamni ishdan haydashdan oldin obdon o‘ylash kerak», deydi Utkin.
Utkin «Match TV» telekanalida ishlashini ma'lum qildi
Utkin "Bayyer" va "Barselona" o‘yinini sharhlash vaqtida uxlab qolgani uchun uzr so‘radi
Utkin "Bayyer" va "Barselona" o‘yini sharhi vaqtida qilgan xatolari sabablarini aytdi