Sport | 14:31 / 13.01.2016
4312
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan: Futbol - qiyin o‘yin emas

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolni qiyin o‘yin deb hisoblamaydi.

Uning fikriga ko‘ra, bu o‘yinni futbolchilar va murabbiylar o‘z qilmishlari bilan murakkablashtirishadi.

Bu haqda Zidan Canal Plus suratga olgan o‘zi haqidagi hujjatli filmda aytgan.

"Futbol - unchalik qiyin o‘yin emas. Bu pas va raqib darvozasiga yaqinlashganing sari uning uchun xavfli bo‘lib borasan. Men futbolchilar bilan birgaman va ularni eshitaman. Futbol qiyinlashtiruvchilarning urinishlari sababli qiyinlashadi", - deydi Zidan filmda.