O‘zbekiston | 22:46 / 14.01.2016
8979
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning yozida Toshkent ShHT sammitini qabul qiladi

Tashkil etilganiga 15 yil to‘layotgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) navbatdagi sammiti 2016 yilning 23-24 iyun kunlarida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti bilan uchrashuv vaqtida ShHTning sobiq bosh kotibi Dmitriy Mezentsev ma'lum qilgan.

Mezentsevning vakolati 2015 yilning 31 dekabrigacha edi. Joriy yilda Tojikiston vakili Rashid Alimov tashkilot bosh kotibi sifatida faoliyat yuritadi.

2015 yilning yozida Ufa shahrida o‘tkazilgan ShHT sammitidan keyin ShHT raisligi Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tgan edi.

Shuningdek, tashkilotning Banklararo uyushmasi Kengashida raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish