Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 1,5 milliard dollar jyekpotga ega Powerball lotereyasi o‘ynaldi
AQShda 1,5 milliard dollarlik rekord darajadagi jyekpotga ega Powerball lotoreyasi o‘ynaldi. Hozirda yutuq chiqqan chipta Kaliforniya shtati markazi Los-Anjyeles shahri atrofidagi shaharchalardan birida o‘ynalgani ma'lum.
Jyekpotni yutish uchun beshta oq hamda bitta Powerball deb nomlanuvchi qizil sharchadagi raqamlarni to‘g‘ri topish talab qilinadi. Noma'lum shaxs barcha 08 27 34 04 19 va 10 raqamlarni to‘g‘ri topgan holda milliarderga aylandi.
Tashkilotchilarning qayd etishlaricha, g‘olib chiqqan yutuqli chipta Chino Xills shaharchasida xarid qilingan. Qayd etish joizki, shu vaqtga qadar AQShda o‘ynalgan eng katta yutuq jamg‘armasi 656 million dollarni tashkil etar edi.