Sport | 12:23 / 14.01.2016
3280
1 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" "Selta" bilan Nolitoning transferi borasida kelishuvga erishish arafasida turibdi

"Barselona" klubi "Selta" jamoasi hujumchisi Nolitoni sotib olish borasida muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi.

As nashrining xabar qilishicha, ikki tomon futbolchining transferi bo‘yicha kelisha olishgan va bir necha soat ichida bitim tuzilishi kutilmoqda.

Bundan oldinroq, galisiyaliklar hujumchini ijaraga berishdan bosh tortayotgani va Nolito uchun 18 million yevro so‘rayotgani xabar qilingandi.

Endilikda "Barselona" bu futbolchini mavsum yakunida sotib olish sharti bilan ijaraga olishi aytilmoqda.