Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: 10 ming g‘arbiy afrikalik Eboladan sog‘aydi
10 ming nafar G‘arbiy Afrika aholisi Ebola virusi keltirib chiqargan xastalikdan tuzaldi va yordamga ehtiyoj sezmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun chorshanba, 13 yanvar kuni xavfli yuqumli kasalliklar epidemiyasiga qarshi kurash jarayoniga bag‘ishlangan Bosh Assambleya yig‘ilishida ma'lum qildi, deya xabar berdi TASS.
“G‘arbiy Afrikada Ebola virusi kasalligiga chalingan 10 ming kishi tuzaldi. Ular salomatligi va farovonligini ta'minlashga imkon beradigan ko‘makka muhtoj. Biz yashab qolganlar, bevalar, yetimlar va aholining boshqa zaif qatlamlariga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak”, - dedi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yil fevral oyida epidemiya boshlanganidan buyon ilk bor mintaqa virus tarqalishiga to‘liq barham berildi.