Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Electric bosh qarorgohini Bostonga ko‘chiradigan bo‘ldi
Amerikaning General Electric kompaniyasi o‘zining bosh qarorgohini Konnektikut shtatidan Bostonga ko‘chiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Kompaniya bayonotida keltirilishicha, Boston qulay biznes-ekotizim hamda xodimlar uchun hayot sifatining yuqoriligi kabi omillar hisobga olingan holda tanlandi.
“General Electric butun dunyodagi eng raqobatbardosh kompaniyalardan bo‘lishga intilmoqda. Bugun GE yuqori texnologiyali, global, sanoatlashgan kompaniya bo‘lib, 130 mlrd dollarga baholanmoqda”, - dedi kompaniya raisi va bosh ijrochi direktori Jyeff Immelt.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bosh qarorgoh Boston dengiz porti hududida joylashadi. Ko‘chish xarajatlarini qoplash uchun kompaniya Fayyerfild hamda Nyu-Yorkdagi idoralarini sotadi.