Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston gospitali o‘zbekiston shifokorlar bilan hamkorlik qiladi
Hindistonning BLK Super Specialty Hospital tibbiy muassasasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2016-2018 yillarda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda Sputnik agentligi vazirlikning matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
“Hujjatga muvofiq, Hindiston gospitali O‘zbekistonga diagnostika va konsultatsiyani yaxshilashda keyingi uch yil davomida yordam berib boradi. Tomonlar, shuningdek, kardiologiya va kardiojarrohlik bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazib boradi”, - deb xabar qiladi matbuot xizmati.
Hujjatda, shuningdek, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish borasidagi hamkorlikni nazarda tutadi.
“Hindiston shifoxonasi O‘zbekiston va Hindistonda yurak jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib borishni rejalashtirmoqda. Kam ta'minlangan oilalardan chiqqan tug‘ma yurak xastaligiga uchragan bolalar ham tibbiy yordam oladi ", — dedi BLK Super Specialty Hospital direktori Naresh Kapur.