Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartada yana bir portlash ro‘y berdi
Indoneziya poytaxti Jakartada yana bir portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda guvohlarga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Bundan avvalroq shaharda oltita portlash qayd etilgani, ulardan biri Sarinah nomli savdo markazi, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Porlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, davomli portlashlar natijasida 6 kishi halok bo‘lgan. Guvohlar portlashlardan keyin ro‘y bergan otishma vaqtida bir politsiya ofitseri o‘q yeb, yerga qulaganini ko‘rishgan.
Indoneziya poytaxtida oltita portlash sodir etildi
Jakartadagi teraktlar amalga oshirilishida 14 nafar jangari ishtirok etgan
Jakartadagi portlashlardan biri BMT binosi oldida amalga oshirilgan
Jakartadagi terakt IShID a'zolari tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda