Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartadagi terakt ijrochilari sifatida 4 kishi qo‘lga olindi
Jakarta politsiyasi bugun kunning birinchi yarmida sodir etilgan davomli teraktlarga aloqadorlikda gumon qilib, 4 kishini hibsga olgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, Jakartada amalga oshirilgan 7 ta portlashda 10 nafardan ortiq jangari ishtirok etgani, portlashlardan keyin sodir bo‘lgan otishmalarda ulardan 4 nafari otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, politsiyachilar tomonidan 3 kishi qurbon berilgan.
Portlashlardan biri Sarinah nomli savdo markazi, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.
Mamlakat prezidenti portlashlarni terakt deb atadi.