Jahon | 11:20 / 14.01.2016
2710
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi terakt IShID a'zolari tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda

14 yanvar kunining birinchi yarmida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida amalga oshirilgan davomli teraktlar IShID a'zolari tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslangan holda Mirror nashri xabar tarqatgan.

Portlashlar va otishmalar 14 nafar jangari tomonidan amalga oshirilgan. Portlashlardan biri BMT binosi oldida sodir etilgan va tashkilotning bir xodimi ushbu portlash tufayli jarohatlangan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu portlashlar qurbonlari soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Aljazeera telekanali xabariga ko‘ra, hujum qiluvchilarning bir guruhi portlashlardan keyin hududdagi kinoteatr binosi ichiga kirib yashiringan. Ayni vaqtda bu bino politsiya tomonidan o‘rab olingan. Bino ichida odamlar bo‘lgani va ularning taqdiri noma'lumligicha qolayotgani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish