Jahon | 17:04 / 14.01.2016
6278
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi terakt tashkilotchisi nomi ma'lum qilindi

14 yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida amalga oshirilgan davomli teraktlar nishoni xorijlik sayyohlar va mahalliy politsiyachilar bo‘lishgan. Bu haqda IShIDga aloqador internet resurslardan birida ma'lum qilingan.

O‘z navbatida, Jakarta shahri politsiyasi boshlig‘i Tito Karnavivanning ma'lum qilishicha, bu terakt IShID jangarilari tomonidan uyushtirilgan. Politsiya boshlig‘i terakt tashkilotchisi nomini ham aytgan. Ma'lum qilinishicha, bu teraktlar ayni vaqtda Suriyada bo‘lgan Indoneziya fuqarosi Bahrum Naim tomonidan tashkillashtirilgan.

Indoneziya politsiyasi: Jangarilar Jakartada Parij voqealarini takrorlashga urinishdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish