Jamiyat | 16:41 / 14.01.2016
10656
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Shuhrat Abbosovning 85 yillik yubileyi nishonlanadi

18 yanvar kuni Moskvadagi Markaziy Kino uyida taniqli kinorejissyor Shuhrat Abbosovning 85 yillik yubiley kechasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik agentligi Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi saytiga asoslanib xabar qildi.

Tadbir Rossiya Kinematografchilar Uyushmasi, Rossiya Filmlar fondi, Kino aktyorlari gildiyasi va UzTvRus tomonidan tashkil qilingan.

Taniqli o‘zbek rejissyori, ssenariy muallifi, pedagog va Xalq artisti Shuhrat Abbosov 1931 yil 16 yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. “Toshkent – non shahri”, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Abu Rayhon Beruniy” kabi filmlarni tasvirga olgan. Hozirgi kunda Mannon Uyg‘ur nomli O‘zbekiston san'at va madaniyat institutida dars bermoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish