Jahon | 16:29 / 14.01.2016
7518
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvaning Sheremetevo aeroportida shassi ustuni tushirilmagan samolyot kelib qo‘ndi

Il-76 transport samolyoti Moskvaning Sheremetevo aeroportiga old shassisining ustuni tushirilmagan holda kelib qo‘ndi. Bu haqda RIAMO agentligi xabar bermoqda.

“Favqulodda qo‘nish muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi, bortdagi hech kim zarar ko‘rmadi”, - deb ma'lumot berdi aeroport matbuot xizmati.

Ayni paytda Sheremetevo aeroporti odatiy rejimda ishlamoqda.