O‘zbekiston | 18:32 / 14.01.2016
8535
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkatjon Abdurazaqov Shokirjonovich tumanning yangi hokimi sifatida tayinlangani ma'lum qilindi.

U yangi lavozimida boshqa ishga o‘tgan Javlonbek Yo‘ldoshevni almashtirgan.

Shavkatjon Abdurazaqov shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantirish sho‘basining bosh mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Namangan tumani 1920-yillarda tashkil topgan. 1938 yilda Farg‘ona viloyati tarkibiga kiritilgan. 1941 yildan esa Namangan viloyati tarkibiga. Bu tuman 1960 yilda Andijon viloyati tarkibiga o‘tgan, 1967 yildan yana Namangan viloyati tarkibiga qaytarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish