Jamiyat | 12:12 / 14.01.2016
3543
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda yangi dori vositalari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi

Navoiy erkin sanoat-iqtisodiy zonasi hududida Novo Pharm Komplekt MChJ O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi vakillari yangi dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishadi.

Yangi qo‘shma korxonaning muassislari Alpha Pharm Trading Ltd. (Buyuk Britaniya) va Fayz Farm MChJ (O‘zbekiston) bo‘ladi.Investitsion loyiha qiymati 3.7 mln dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish