Jahon | 13:26 / 14.01.2016
2837
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Jakartada hujum uyushtirgan jangarilardan 4 nafari o‘ldirildi

Indoneziya maxsus xizmati xodimlari va politsiyachilar Jakartada teraktlar sodir etib, otishma boshlagan jangarilar guruhining 4 nafar vakilini yo‘q qilgan. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.

"Taxmin qilinishicha, jangarilar portlashlardan keyin tumandagi kinoteatr binosiga kirib yashiringan. Bino ichida odamlar bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda bino atrofi o‘rab olingan", deyiladi Al-Jazira telekanali xabarida.

Hududga zirhli mashinalar keltirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt qurbonlari soni 7 nafar va ularning 3 nafari politsiyachilar.

Portlashlardan biri Sarinah nomli savdo markazi, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish