Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar 2050 yilda AQShda musulmonlar soni ikki barobarga ko‘payishini bashorat qilishdi
AQShning musulmon fuqarolari soni 2050 yilga kelib ikki barobarga o‘sib, 8.1 mln kishini (aholining 2.1 foizi) tashkil qiladi. Bu haqda Pew Research Center (PRC) markazi prognoz berdi.
Ayni paytda musulmon amerikaliklar soni 3.3 mln kishini tashkil qiladi.Oxirgi chiqishlaridan biri prezidentlikka nomzod Donald Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslik kerak qabilidagi bayonotlarni bergandi.
Shundan so‘ng mamlakatdagi musulmonlar adadini bilishga bo‘lgan qiziqish ortdi. Ammo rasmiy statistika aholining diniy e'tiqodini inobatga olmasligi bois maxsus demografik model tuzib chiqishga to‘g‘ri keldi.
Olimlar qurgan model yaqin 35 yil ichida musulmon aholi nufusi 1 foizdan 2.1 foizga yetishini ko‘rsatib berdi. U son jihatdan yahudiy (5.7 mln) va hind (2.1 mln) aholidan o‘zib ketadi.